TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Bugun Samarqandda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshqa rahbarlar bilan birgalikda Amir Temur tavaluddiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga asosan.
Dastlab viloyat rahbarlari jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Go‘ri Amir maqbarasiga tashrif buyurib u yerda Qur’on tilovat qilishdi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari - Samarqand shahridagi ta’lim muassasalari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiylar Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Keng jamoatchilik vakillari Sohibqiron haykali o‘rnatilgan maydonda jam bo‘lib, ulug‘ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.