Pandemiyadan so‘ng ilk bor xorijliklarga Haj ziyoratiga ruxsat berildi

Saudiya Arabistoni so‘nggi 2-yil ichida birinchi marta 1 million ziyoratchiga, jumladan, xorijliklarga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi
Sputnik
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Saudiya Arabistoni so‘nggi 3-yil ichida birinchi marta xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyoratini bajarishga ruxsat berdi.

Saudiya Haj va umra vazirligi xabar qilishicha, 2022-yilda mahalliy va xorijiy ziyoratchilar uchun bir millionta kvota belgilangan.

Haj amalga oshiruvchi ziyoratchilar salomatlikni himoya qilishga qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya qilishi talab qilinadi. Unga ko‘ra, ziyoratchining yoshi 65gacha va emlangan bo‘lishi kerak.
Xorijlik ziyoratchilar Podshohlikka kelishdan kamida 72 soat oldin olingan COVID-19 testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni 2020-yilda Haj ziyoratida qatnashuvchilar sonini 60 ming, 2020-yilda esa 1 ming nafarga cheklagan edi, biroq xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyoratiga kelish taqiqlangan edi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada (28 martdan 3-aprelgacha) dunyoda 9 milliondan ortiq yangi koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan, bu avvalgi haftaga nisbatan 16 foizga kamdir.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi ham mamlakatda yangi koronavirus infeksiyasi holatilari qayd etish kamayganini ma’lum qilgan.