TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Rossiya harbiylari Xerson viloyatidan Qrimga 188 nafar fuqarolarni, jumladan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Bir kun avval Janubiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Ukrainaning Xerson viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga Rossiya, Moldova, Misr, Suriya, Liviya, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukrainaning 188 nafar fuqarosini xavfsiz olib chiqishni tashkil qildi”, — deyiladi xabarda.
Rossiya harbiylari harbiy operatsiya hududlarini tark etish istagini bildirgan barcha fuqarolarni Xerson shahri markazida to‘plab, avtobus va shaxsiy mashinalarda Ukraina hududidan olib chiqishgan.
Evakuatsiya qilinganlar orasida 600 nafar xorijiy davlat fuqarolari hamda hamda Xerson viloyatidagi Aleksandrovka va Stanislav aholi punktlaridan 300 dan ortiq tinch aholi ham bor.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu aholi punktlari bir haftadan ortiq vaqt davomida Ukraina harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan. Shunga qaramasdan o‘z uylarida qolishni istagan mahalliy aholiga rossiyalik harbiylar yordam ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. 25-martga kelib operatsiyaning birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarildi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirdi.