Estoniya hukumati Sputnik Meedia rahbarini ozod qildi

Sputnik Meedia Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, 4-yillik faoliyatidan so‘ng yopilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Estoniya hukumati Sputnik Meedia bosh muharriri Yelena Cherishevani ozod qildi. Bu haqda ushbu davlatdagi Rossiya eschixonasi xabar qilmoqda.
Cherisheva 6-aprel kuni Estoniya maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Jurnalist tinchlikka qarshi jinoyat sodir etganlikda, shuningdek, xalqaro sanksiyalarni buzganlikda gumon qilingan.
Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova aytishiga ko‘ra, Estoniya hukumati vakillari qo‘rqitish taktikasidan “davlat terrori”ga o‘tgan. Yelena Cherisheva bir necha yillardan beri Estoniya hukumati tomonidan qattiq bosim ostida.
Eslatib o‘tamiz, Mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli o‘tkazilishiga duch kelgan va o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng, 2020-yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.