Amir Temur davlatni qanday boshqargan - video

Buyuk sarkarda, Temuriylar saltanati asosichi Amir Temurning davlat boshqaruvida foydalangan asosiy tamoyillari.
Sputnik
“Kuch – adolatda” tamoyili Amir Temurning davlat boshqaruvidagi asosiy prinsipi ekanini ko‘pchillik eshitgan.
Lekin Amir Temur tushunchasida adolat qanday bo‘lgan? Quyida "Temur Tuzuklari" ayrim parchalarni keltiramiz.
Amir Temurning davlat boshqaruvida asosiy tamoyillari:
1.
Ig‘voga quloq solmaslik. Chunki ig‘vo xudbin va birovni ko‘rolmaydiganlar tomonidan chiqqan bo‘lishi mumkin
2.
Taqdirlash: Samarali ish yuritgan amaldorlar va amirlarni rag‘batlantirish kerak: mukofotlar, sovg‘alar va turli unvonlar.
3.
Xavfsizlik - muhim. Katta yo‘llar va shaharlarda soqchi xizmatlari ishlagan.
4.
Kambag‘allarni ish bilan ta’minlash kerak. Kambag‘allik jinoyatchilikka asos yaratadi.
Amir Temur o‘z saltanatini 7nafar vazir yordamida boshqargan. Sohibqiron amaldolarda rostgo‘ylik va ishbilarmonlik, odob-axloq , aql va sabrlilik, tinchlikparvarlik va oliyjanoblikni yuqori baholagan.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.