Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xersonda hududiy mudofaaning sobiq jangarilari qurollarini ixtiyoriy topshirishmoqda – OAV

Ukraina hukumati tomonidan biror bir hujjatsiz tarqatilgan qurollar ixtiyoriy topshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Xersonda hududiy mudofaaning sobiq jangarilari ilgari Ukraina hukumati tomonidan tarqatilgan qurollarni ixtiyoriy topshirishmoqda. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, asosan Kalashnikov avtomati va uning o‘q-dorilarini topshirishmoqda.
“Ukraina tomoni hamma xohlovchi fuqarolarga barcha qurol-yarog‘ni biror bir hujjatsiz va qaydsiz tarqatgan”, - degan manba.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.