Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni cho‘zish va hatto barbod qilishga urinmoqda – Lavrov

Ukraina kuni kecha o‘zining Rossiya bilan bitim loyihasini taqdim etgan. Unda Istanbuldagi uchrashuvda qayd etilgan takliflardan chetga chiqish joylari bor.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni cho‘zish va ularning borishini barbod qilishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Ukrainani jangovar harakatlarni davom ettirishga undayotgan Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan nazorat qilinmoqda.

“Kelisha olmaslik qobiliyati yana bir bor Kiyevning haqiqiy niyatlari, uning erishilayotgan tushunishlardan qaytish orqali muzokaralarni cho‘zish va hatto barbod qilishiga urinishini yaqqol ko‘rsatadi. Kiyev rejimi prezident Zelenskiyning jangovar harakatlarni davom ettirishga undayotgan Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan nazorat qilinmoqda”, - dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbari Ukraina kuni kecha o‘zining Rossiya bilan bitim loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. Unda Istanbuldagi uchrashuvda qayd etilgan takliflardan chetga chiqish yaqqol ko‘rinib turibdi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ilgari xavfsizlik kafolatlari Qrimga taalluqli bo‘lmasligiga rozilik bildirgan, biroq shartnomaning yangi versiyada bu band tushirib qoldirilgan, o‘rniga esa tushunarsiz noaniq jumlalar bitilgan.
Bundan tashqari, Ukraina Qrim va Donbass masalasini prezidentlar uchrashuvida muhokama qilishni taklif qilmoqda. Bu qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar, deydi Lavrov. Kreml bir necha bor prezidentlar Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning uchrashuv bitimning yozma shakli kelishilganidan keyin mumkinligini aytgan.
“Bu ig‘volarga qaramasdan, Rossiya delegatsiyasi unda bizning barcha asosiy pozitsiyalarimiz va talablarimiz aniq va to‘liq bayon qilingan bitim loyihamizni taklif qilib, muzokaralarni davom ettiradi”, - dedi Lavrov.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar muzokaralarda oldinga siljish borligini qayd etishgan edi.