TOShKENT, 7 apr - Sputnik. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati mahsulotlari hajmi so‘nggi 5-yilda 4 baravar oshdi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "O‘zto‘qimachiliksanoati" uyushmasi vakili Shahzoda Qo‘chqorova ma’lum qildi.
So‘nggi 5-yil mobaynida to‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksporti xajmi keskin oshdi, 2018-yilda mahsulot eksporti 1 mlrd.dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatgich 3,05 mldr.dollarni tashkil etdi, 2022-yilda esa 4.3 mlrd.dollarlik maxsulotlarni tashqi bozorga yetkazib berish ko‘zlangan, - deyiladi xabarda.
O‘zto‘qimachiliksanoat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlarga quyidagi omillar sabab bo‘lgan.
1.
Hukumat tomonidan eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, qo‘shimcha qiymat solig‘ini qaytarilishi va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishi.2.
Bundan tashqari, Yevroittifoq bozoriga kirish uchun 27 ta xalqaro konvetsiyalar ratifikatsiya qilindi va bu GSP+ prefensiyalar tizimini o‘zbek to‘qimachilik maxsulotlariga bojsiz kirish imkonini berdi.3.
Yangi bozorlarga chiqish uchun O‘zbekistonning 75dan ziyod korxonalari xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari ilk bor Yaponiya, Marokash va Misr kabi davlatlarda taqdim etildi.4.
Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan 12-yil davom etgan o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotning bekor qilinishi.Ma’lumot uchun, to‘qimachilik sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biridir. Sohaning ildam rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan ko‘plab to‘qimachilik korxonalari faoliyat yuritmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston paxta xom ashyosi eksportchisidan tayyor va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlari eksportchisiga aylanmoqda. Espertlar xulosasiga ko‘ra, yaqin kelajakda O‘zbekiston paxta eksportidan butunlay voz kechishi mumkin.