TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Sanksiyalar Rossiya Turkiya biznesi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi, dedi – Turkiya-Rossiya Ishbilarmonlar kengashi raisi (DEIK) Izzet Ekmekchibashi (İzzet Ekmekçibaşı) Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.
“Yanvar oyida Turkiya Rossiyaga umumiy qiymati 5 mlrd. dollar bo‘lgan mahsulotlar eksport qildi. Fevralda krizis tufayli eksport hajmi 4,4 mlrd.gacha kamaydi, lekin Turkiya hukumatining konstruktiv pozitsiyasi va Rossiyaga nisbatan ochiq va samimiy munosabati mart oyida o‘zaro savdoning 6 mlrd. dollargacha o‘sishiga olib keldi”, - deydi kengash raisi.
Ekmekchibashi aytishiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Turkiyada nizom kapitali 100% Rossiyaga tegishli bo‘lgan 1000dan ortiq kompaniyalar ochilgan.
Bugungi kunda hamkorlikning eng dolzarb sohalaridan biri bu avtosanoat bo‘lmoqda, keyin to‘qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqatlar, qurilish materiallari. So‘nggi vaqtlarda qurilish materiallariga talab keskin oshgan.
Ishbilarmonlar kengashi raisi aytishiga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Turkiya o‘rtasida o‘zaro savdo milliy valyutalarda olib borish haqida muzokaralar bo‘lmoqda. Buning uchun ikkala tomon Markaziy banklari o‘zaro ayirboshlashga ruxsat berilgan milliy valyuta miqdorini oshirishi kerak. Bu borada ikki davlat savdo va moliya vazirliklari bir oydan buyon muzokaralar olib bormoqda. Biz ushbu tashabbus ijobiy hal qilinishiga ishonamiz, deydi Ekmenchibashi.
Kengash raisi, shuningdek, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdoda logistika masalasi ham muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ayni damda asosiy transport yo‘nalishi bu Turkis – Gruziya – Rossiya, lekin yaqin vaqt ichida dengiz orqali yuk tashish imkoniyati kengaytiriladi. Xususan yuklarni Turkiyaning Samsun portidan Novorossiysk portiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu yo‘nalishga qiziqish katta, lekin bu yerda ikkita muammo bor: Qora dengizdagi minalar va sug‘urta masalasi. Agar ular hal qilinsa qatnovlar soni haftasiga 4-5 martaga yetishi mumkin. Hozircha haftasiga bir marotaba.