TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Xalqaro iqtisodchi Mamdu Salame Rossiya iqtisodiyoti G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan har qanday sanksiyalarga dosh berishga qodirligini ma’lum qildi.
“O‘tgan safar ular ko‘plab Rossiya banklariga sanksiya qo‘llashdi... Biroq Rossiyaning Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlar bilan ish olib borishga imkon beruvchi o‘zining tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, bu neft va gazni taalluqli”, - Salame RT bilan suhbatda.
Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin gaz va neft uchun hisob-kitobni rublda amalga oshirishni talab qilganiga e’tibor qaratdi.
“Agar yevropaliklar buni qabul qilishdan bosh tortishsa, ular gazsiz qolishadi va yutqazishadi. Chunki bu bozorda hozir Rossiya gazi va neftini o‘rnini bosib bo‘lmaydi”, - dedi iqtisodchi.