Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani qachon ochishi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli 3 davlat bilan quruqlikdagi chegaralar ochilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Qozog‘iston koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli mamlakat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.
11 apreldan boshlab Qozog‘istonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning chegarani kesib o‘tishiga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlanadi.
Bundan tashqari, respublika aviaqatnovlar orqali kirishga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Shu bilan birga, chegaradan o‘tishda natijasi manfiy PZR-test yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston COVID-19’ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni 18-martdan boshlab o‘zaro tan olgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi tiklanishi ortga surilmoqda