Olimpiya g‘oliblari ishtirokida “Yurt faxri” ko‘rgazmalari o‘tkaziladi

Tokio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil Tokioda o‘tgan olimpiadalar g‘olib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktabrda ular o‘qigan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari va ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.
Ko‘rgazmani o‘tkazishga Sportni rivojlantirish vazirligi mas’ul hisoblanadi.