Mutaxassislar xo‘loasisiga ko‘ra, o‘simlik yog‘lari salomatlik uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu haqida RIA Novosti Al Jazeera nashriga asosan xabar bermoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, eng zararli yog‘ kungaboqar yog‘i hisoblanadi. Parhezshunos Jey Kuinning ta’kidlashicha, uning tarkibida juda ko‘p miqdorda omega-6 to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud. Uni ko‘p iste’mol qilish organizmda yallig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shuningdek, kungaboqar yog‘i bir necha marotaba qizitilganda aldegid moddasi ko‘payadi. Bu modda DNK va boshqa hujayralarni zararlantiruvchi zaharli birikma hisoblanadi.
Makkajo‘xori yog‘i tarkibida ham yarimto‘yingan yog‘ kislotalari bo‘lib, bu yallig‘lantiradi va jigarga zarar yetkazadi.
Soya yog‘ini ham ratsiondan chetlashtirish lozim. Chunki yog‘ni ishlab chiqarish jarayoni uni oksidlanishga moyil qiladi, bu esa o‘z navbatida yurak-qon tomir, qandli diabetning ikkinchi turi va metabolik sindrom kabi kasalliklar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Maykl Garriko palma yog‘ini butkul ratsiondan chiqarishni tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, palma yog‘i baland haroratda qizitilganda saraton, yurak va qon aylanishi hamda diabet kasalliklariga olib kelishish mumkin.
Kokos yog‘i ham salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Unda hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan yog‘ kislotalari bor. 2020-yilda olib borilgan tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, kokos yog‘i zararli xolesterin miqdorini ko‘paytiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, turli yog‘lar aralashmasidan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Parhezshunoslar salomatlikka foydali foydali bo‘lishi uchun yuqorida nomi keltirilgan yog‘larni zaytun yog‘iga almashtirishni tavsiya qilgan.