TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“Qaysi maktab direktori harakat qilayotgan bo‘lsa, natija bo‘layapti. Aksincha, sharoit yaxshi bo‘la turib, o‘zgarish qila olmayotgan direktorlar ham ko‘p”, - dedi davlat rahbari.
Shu bois Xalq ta’limi vazirligiga 1-sentabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimini joriy etish topshirildi. Bundan buyon direktorlikka nomzodlar ushbu tizim orqali tanlanadi.
Viloyat, shahar va tuman hokimlari 1-avgustga qadar o‘z hududidagi ushbu maktablarni ta’mirlash, zamonaviy jihozlash, yashash va ovqatlanish uchun sharoitlar yaratishga mas’ul etib belgilangan.
"Yangi o‘quv yiliga qadar 173 ta maktab tayyor bo‘lishi shart va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar. Qolgan 20 ta ixtisoslashgan maktab keyingi o‘quv yiliga qadar topshirilishi shart", — dedi prezident.