Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSh tuzog‘iga tushdi - Xitoy OAVi

Ukraina mojarosi Yevropani NATO va Rossiya orasida "ikki o‘t o‘rtasida qoldirdi". YeI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi o‘ta og‘ir bo‘lmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr – Sputnik. Ukraina inqirozi AQShning Yevropa uchun qo‘ygan tuzog‘idir, agar Yevropa o‘z xavfsizligini o‘z qo‘liga olmasa, u parchalanishda davom etadi va uning nufuzi pasayadi, deb yozmoqda Xitoyning Global Times nashri.
"NATOning so‘nggi 73-yildagi evolyutsiyasi - bu AQShning Yevropa qit’asida o‘z gegemonligini saqlab qolish uchun davlatlar ustidan amalga oshirgan manipulyatsiyasi tarixidir. Dastlab sobiq Sovet Ittifoqqi yozvuzlashtirildi va umumiy dushman deb e’lon qilindi, hozir esa Rossiya. Ushbu qo‘rquv asosida NATO Yevropa xavfsizlik tizimini tashkil qildi va AQSh unga bosh bo‘ldi. Buning oqibatida Yevropada ichki nizolar va qarama-qarshiliklar kelib chiqmoqda", - deb Xitoy Xalqaro aloqalar instituti professori Li Xaydunning fikrini keltiradi nashr.
Ukraina mojarosi esa Yevropa NATO va Rossiya o‘rtasida "ikki o‘t orasida qolganini" ko‘rsatmoqda, YeI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi o‘ta og‘ir bo‘lmoqda.
Xitoy Xalq universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar instituti direktori Van Yiveyning fikricha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin NATO an’anaviy dushmanini yo‘qotib, sof harbiy blokdan siyosiy xavfsizlik blokiga aylanishga harakat qildi.
Tahlilchiga ko‘ra, Ukrainadagi inqiroz tufayli Yevropaning nufuzi yanada pasayadi, buning o‘zi bir dilemma, agar AQSh monopoliyasini sindirishga qodir qudratli davlat topilmasa, Yevropa asta-sekin parchalanish va kuchsizlanishda davom etadi.
“Yevropa muvozanatga erishish uchun uning strategik mustaqilligi va xavfsizligi Amerika nazoratidan xoli bo‘lib yevropaliklar qo‘li ostiga o‘tishi kerak”, deydi mutaxassis.
Yevropa strategik mustaqillikka erishishga harchand urinmasin, harbiy-siyosiy blokning “miya va mushaklari” AQShning qo‘lida ekan - bu amalga oshmaydi. Xitoy siyosatshunoslarining fikriga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat, aslida, AQShning Yevropaga qo‘ygan tuzog‘idir: AQSh harbiy-sanoat majmuasi o‘zini boyitish uchun NATOning sharqda kengayishiga yordam beradi, keyin esa AQSh Yevropa xavfsizligini qo‘lga kiritadi va Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida inqiroz tashkil qiladi.