Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollarga xavf solmoqda - XVJ

"Dollarning sanksiya quroliga aylantirishning yakuniy natijasi - uning qadrsizlanishi bo‘ladi" - Bank of America.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollarning dunyoning asosiy zaxira valyutasi sifatidagi roliga putur etkazishi mumkin, AQSh davlat qarziga ham tahdidlar mavjud, degan xulosaga keldi Xalqaro valyuta jamg‘armasi.
Dunyo uzoq vaqtdan beri dollarga muqobil moliyaviy tizimga moyil bo‘lib kelmoqda. Rossiyaga qilingan iqtisodiy hujum bu jarayonlarni tezlashtirdi.Keyingi voqealar qanday rivojlanishi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida.

Bumerang effekti

Amerikaliklar dunyoning istalgan nuqtasida o‘z siyosiy maqsadiga erishish uchun sanksiyalardan foydalanib kelishmoqda. Ular bunga qodir, chunki dunyoning asosiy zaxira valyutasiga ega bo‘lgan davlat boshqalar uchugn tashqi savdoni cheklashda keng imkoniyatlarga ega.
Ammo bumerang effekti ham mavjud. O‘tgan yili AQSh Kongressining tadqiqot xizmati bunga e’tibor qaratishga harakat qildi. Sanksiyaga uchragan davlatlar dollarga qaramlikni kamaytirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda.
Bu xabar deyarli e’tibordan chetda qoldi va Rossiyaning Ukrainada harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin Vashington bu borada aql chegaralarini kesib o‘tdi va jiddiy muammolarga duch keldi.
XVJ bu haqida signal bermoqda. Dollarga asoslangan xalqaro valyuta tizimi parchalanishi tahdidi ostida. Hozir ushbu jarayon keskin tezlashdi.
XVJ boshqaruvchi direktorining birinchi o‘rinbosari Gita Gopinath ta’kidlaganidek, bir-biri bilan savdo qiluvchi mamlakatlarning o‘zaro birlashib valyuta bloklari tashkil qilishmoqda va oqibatda xalqaro hisob-kitoblarda dollar ulushi qisqarmoqda.
Uning xulosasiga ko‘ra, oxir-oqibat dunyoda uchta valyuta tizimi paydo bo‘ladi: dollar, yevro va ehtimol, yuan. 30-40 yil oldin ham Amerika puli tranzaksiyalarning 70% dan ortig‘ini tashkil qilar edi. Mintaqaviy valyutalar esa juda zaif va unchalik qiziq emas edi. Hozir esa vaziyat boshqacha. SWIFT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon savdosida to‘lovlarning 39,92 foizi dollarda, 36,65% - yevroda, 6,3% - ingliz funtida amalga oshirilgan.
2020 yil yanvar oyida to‘rtinchi o‘rinni 3,32% savdo yapon iyenasiga to‘g‘ri kelgan. Hozir esa Xitoy yuani esa - 3,2%ni tashkil qilmoqda. Birinchi o‘ntalikka shuningdek Kanada, Avstraliya, Gonkong, Singapur dollari va Tailand bati ham kirdi.
2019 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi “Yevropa iqtisodiy o‘yinchilari va Eron o‘rtasidagi qonuniy tijorat operatsiyalarini soddalashtirish” va Tehron bilan savdoni AQSh moliya tizimini chetlab o‘tish imkonini beruvchi INSTEX mexanizmidan foydalanmoqda. O‘zaro savdoda puldan foydalanmaslik uchun INSTEX kredit ballaridan foydalanadi.
2016 yilda yuan Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining zaxira valyutasiga aylandi, birinchi marta rivojlanayotgan davlat valyutasi bunday sharafga sazovor bo‘ldi. Bu Xitoyning keng ko‘lamli xalqaro “Bir kamar, bir yo‘l” dasturining natijasidir. Keyingi muhim qadam - Shanxay birjasida Xitoy valyutasida denominatsiyalangan neft fucherslari savdosining boshlanishi bo‘ldi. To‘g‘ri, yuanning kengayishiga erkin konvertatsiyaning yo‘qligi, beqarorlik va noaniq moliyaviy tizim to‘sqinlik qilmoqda.
Raqamli yuan ham mavjud bo‘lib, u bilan hisob-kitoblar Amerika SVIFT va ChIPS tizimlariga qaraganda tezroq amalga oshiriladi. Va “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi doirasida bu ishtirokchi mamlakatlarni Vashington sanksiyalaridan himoya qilishi mumkin.
Financial Times yozishicha, hozirgi geosiyosiy keskinliklar raqamli moliya – kriptovalyutalar va stabilkoinlarni va markaziy banklar tomonidan chiqarilgan raqamli pullarni ham faol qabul qilish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Hammaning o‘z puli bor

Hozircha milliy valyutalar dollarga nisbatan eng oddiy va mantiqiy muqobil ko‘rinadi. Agar 2015-yilda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi bitimlarning deyarli 90 foizi dollarda bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda - 46 foiz. Xitoy milliy valyutasi va yevrodagi hisob-kitoblar esa tarixiy eng yuqori darajaga ko‘tarildi - mos ravishda 24 va 30%.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) savdoda rubl ustunlik qiladi, uning ulushi uchdan ikki qismidan ko‘proqni tashkil qiladi. Rossiyaning Belarus bilan tovar aylanmasi uchun bu ko‘rsatkich 82 foizni, Qozog‘iston bilan – 63 foizni, Qirg‘iziston bilan – 58 foizni tashkil etadi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, rubl uchun bu chegara emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII davlatlarining o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini yanada oshirish iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashishi, savdo tuzilmasi va uni diversifikatsiya qilish darajasiga bog‘liq.

Dollar zaxiradan chiqariladi

Milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tish XVF tomonidan dollar uchun noxush tendensiya sifatida baholandi.
"Odatda, davlatlar o‘z zahira mablag‘larini dunyoning qolgan qismi bilan savdo qiladigan va boshqalardan qarz oladigan valyutalarda to‘plashga moyil. Tez orada biz zaxira aktivlari tarkibi qanday o‘zgarishini ko‘ramiz", deb ta’kidladi Gita Gopinat.
Oxirgi yigirma yil ichida dollarning xalqaro zaxiralardagi ulushi 70 foizdan 60 foizgacha pasaygan. Sababi - boshqa valyutalar rolining kuchayishi. Dollarning chorak qismining o‘rnini Xitoy yuanini "egalladi".
Buning yana bir jihati bor. Sanksiya bosimi ortib borayotgan Vashington aslida dollardan moliyaviy qurol sifatida foydalanmoqda. Bu qolganlar uchun belgi bo‘lmoqda: Amerika aktivlari ishonchsiz, diversifikatsiya qilish kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya AQShning deyarli barcha davlat qarzlarini oldindan sotib yubordi. Dollarning sanksiya quroliga aylantirishning yakuniy natijasi - uning qadrsizlanishi bo‘ladi, deb bashorat qilmoqda Bank of America.