TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ukraina harbiylari Rossiya qo‘shinlarini tinch aholiga qarshi kuch ishlatishda ayblash maqsadida yangi ig‘volarni tashkil etishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 4-aprel kuni kechqurun Kiyevdan 23 km shimoli-g‘arbda joylashgan Moshun aholi punktida Ukrainaning 72- psixologik operatsiyalar bosh markazi harbiy xizmatchilari tomonidan keyin G‘arb OAVlari orqali tarqatish uchun go‘yoki Rossiya Quroli kuchlarining zo‘ravonlik harakatlaridan halok bo‘lgan tinch aholining navbatdagi sahnalashtirilgan tasviri olingan”, - dedi Konashenkov.
U Ukraina harbiylari shunga o‘xshash tadbirlarni Sum, Konotop va boshqa shaharlar tashkil etishganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi ig‘vo deb atagan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etishini ma’lum qilgan edi. Chunki Mudofaa vazirligi mutaxassisllari unda videomontaj hamda u yoki bu turdagi soxtalik belgilarini aniqlagan va ma’lumotlar jiddiy shubha ostiga olinishi kerak.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukrainaning Bucha shahri atrofidagi gap-so‘zlarni navbatdagi feyk hujum deb atagan. Rossiya TIV rahbari bu sahna ko‘rinishi Rossiya qo‘shinlari shaharni tark etishgandan keyin bir necha kun o‘tib uyushtirilganini ta’kidlagan. Endi bu yolg‘on xabarni Ukraina vakillari va ularning g‘arblik homiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishmoqda. Lavrov bu uyushtirilgan sahnadan Rossiyaga qarshi maqsadlarda foydalanishga urinishayotgani urg‘ulagan.