TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—fevral oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlarni ma’lum qildi.
Oziq-ovqat importidagi eng yuqori ulush Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi — 36,1 foiz. Ikkinchi o‘rinda 25,6 foiz bilan Rossiya qayd etilgan. Uchlikni Braziliya (12,4 foiz) yakunlagan. Keyingi o‘rinlarda Belarus (4,4 foiz), Pokiston (3,6 foiz) va boshqa davlatlar (17,9 foiz).
Ikki oyda import uchun eng ko‘p xarajat qilingan mahsulot — bug‘doy (113,1 million dollar). Keyingi o‘rinlarda shakarqamish (59,6 mln dollar), margarin mahsulotlari (52,1 mln dollar), qoramol go‘shti (26,5 mln dollar), o‘simlik yog‘i (22,5 mln dollar), kartoshka (21 mln dollar) kakao va shokolad (19,6 mln dollar) bug‘doy uni (16,4 mln) va boshqalar.