KXDR Janubiy Koreyaga yadroviy urush bilan tahdid qildi

KXDR yetakchisining singlisi singlisi Janubiy Koreyaga yadroviy qurol qo‘llash bilan tahdid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Agar Janubiy Koreya harbiy qarama-qarshilikka borsa, Pxenyan yadro qurolini qo‘llaydi. Bu haqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisining singlisi, Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qildi.
“Janubiy Koreya biz bilan harbiy ziddiyatni tanlaydigan bo‘lsa, yadroviy jangovar kuchlarimiz, shubhasiz, o‘z vazifasini bajaradi”, — deydi Kim Yo Chjon. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya mudofaa vazirining KXDRga qarshi ogohlantiruvchi zarbasi haqidagi gaplari “juda katta xato” bo‘lgan.
Shimoliy Koreya AQShga yetib boruvchi raketani sinovdan o‘tkazdi - video