TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Gazprom Germaniyaning Reden shaharchasi yaqinida joylashgan Astora kompaniyasining eng yirik omboriga gaz va gaz olishni quyishni to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti EurAsiaDaily nashri Gazprom Germania ma’lumotlariga asosan.
Astora kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 1-aprel kuni ertalab Redenda xomashyo bilan bog‘liq barcha operatsiyalar to‘xtatilgan. Bungacha ombor gazni olib, Germaniyaning gaz uzatish tizimiga yetkazib bergan. 4-aprel kuni faol zaxiralar kuniga 21 million kub metrni tashkil etdi.
"Gazprom" guruhi xabariga ko‘ra, 31-mart kunidan boshlab Gazprom Germania GmbH va uning barcha aktivlaridagi ishtirokini to‘xtatgan.
Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek xabariga ko‘ra, Rossiyaning "Gazprom" guruhi o‘zining Germaniyadagi sho‘’basi Gazprom Germania tarkibidan chiqqan. Shu sababli kompaniya 30-sentabrgacha Federal tarmoq agentligining vaqtinchalik nazorati ostiga o‘tgan.
Gazprom Germania GmbH "Gazprom" tarkibiga kiruvchi sho‘’ba korxonasi edi. Kompaniya Germaniyada yoqilg‘i sotish va yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘iga ega. Shuningdek unining tarkibiga Gazprom Marketing & Trading, Wingas kabi kompaniyalar hamda Germaniya, Britaniya, Shveysariya va Chexiyada joylashgan boshqa kompaniyalar ham kiradi.