O‘zbek-tojik chegarasi demarkatsiya liniyasi loyihasi bo‘yicha takliflar tayyorlandi

O‘zbekiston – Tojikiston muzokaralarining navbatdagi davrasi yig‘ilishida davlatlararo chegara liniyasidagi demarkatsiya ishlari muhokama etildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. 28-martdan 2-aprelga qadar Tojikistonning Boxtar shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida demarkatsiya ishlari muhokama qilingan va o‘zbek-tojik chegarasi demarkatsiya liniyasi loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlangan.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Avvalroq respublikalar Jizzaxda chegara masalalari bo‘yicha navbatdagi muzokaralar olib borishgan edi. Ishchi guruh mutaxassislari chegara hududlarida ham bo‘lishgan.
Ma’lumot uchun, tojik-o‘zbek chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.