Milliy gvardiyaning ikki boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi va Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Milliy gvardiya qo‘mondonining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Podpolkovnik Baxtiyor Usmonov Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik G‘iyosiddin Sirojiddinov Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish va qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarni oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.