MDH davlatlari Korrupsiyaga qarshi kelishuv imzolaydi

MDH davlatlari prezidentlari sammiti 2022-yilning oktabr oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Ushbu yil oxiriga qadar MDH davlatlari rahbarlari navbatdagi sammitda Korrupsiyaga qarshi kelishuvni imzolaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.
"Hamdo‘stlik prezidentlari sammitida MDH mamlakatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim davlat rahbarlariga imzolash uchun taqdim etiladi", - deyiladi MDHning Minskdagi bosh qarorgohi ma’lumotida.
MDH davlatlari prezidentlari sammiti 2022-yilning oktabr oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma haqidagi xabar dastlab 2021-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Rossiya Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish tashabbusini ilk bor bildirgan edi.
2021 yilning kuzida Minskda kelishuv loyihasini kelishish uchun ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yangi shartnoma mutaxassislar taklif va mulohazalar asosida tuzildi va yakuniy shaklini ishlab chiqish uchun MDH mamlakatlarga yuborilgan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya rahbariyati ushbu shartnomani imzolash to‘g‘risida qarorni allaqachon qabul qilgan.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga buyruq berdi”, — deyiladi MDH Ijroiya qo‘mitasi xabarida.
Avvalroq O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilgan edi, deb xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati. Yangi organ bevosita prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlisning har ikki palatasiga hisobot beradi.