Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lavrov Buchadagi ig‘voga munosabat bildirdi

Rossiya TIV rahbari: Bucha shahri atrofidagi gap-so‘z navbatdagi feyk hujum.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ukrainaning Bucha shahri atrofidagi gap-so‘zlar navbatdagi feyk hujum. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Kuni kecha Kiyev viloyatining Bucha shahrida u yerdan Rossiya harbiy xizmatchilari rejaga muvofiq chiqib ketishgandan so‘ng navbatdagi feyk hujum uyushtirildi”, - dedi Lavrov BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits bilan uchrashuv chog‘ida.
Rossiya TIV rahbari bu sahna ko‘rinishi Rossiya qo‘shinlari shaharni tark etishgandan keyin bir necha kun o‘tib uyushtirilganini ta’kidladi. Endi bu yolg‘on xabarni Ukraina vakillari va ularning g‘arblik homiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishmoqda. Lavrov bu uyushtirilgan sahnadan Rossiyaga qarshi maqsadlarda foydalanishga urinishayotgani urg‘uladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov Ukrainaning go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari sodir etgan jinoyatlar haqidagi foto va videolarga ishonmaslik zarur ekanini ma’lum qilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan. Shu bois Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi.