TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Liszan tvitterdagi sahifasiga Vashingtonning biror bir kishi tomonda bo‘lish chaqirig‘i ustidan kuladigan hajviy suratni joyladi.
“AQSh boshqalarni biror bir kishining yonini olishga majburlagan paytda, bu aslida anglatadiki...– deya yozdi u. Jumlaning ikkinchi qismi “(Men) tomonda bo‘l!” deya yozilgan va Amerika bayrog‘i ranglari bilan bo‘yalgan qo‘ldagi to‘pponcha odamning chekkasiga qadalgan.
Oq uy bir necha marta Pekindan Rossiyaga qarshi va uning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qoralovchi so‘zlarni eshitishni xohlashini aytgan. Xitoy Ukraina inqirozi borasida mustaqil neytral pozitsiyada ekanini doimo ta’kidlab keladi.