Samarqand davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi

Universitet bitiruvchi bosqich talabalari uchun poliklinikalar va klinik bazalarda 6 oylik malakaviy amaliyot ko‘rinishidagi subordinaturani joriy etish huquqiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitet tarkibida quyidagilar faoliyat yuritadi:
Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
Universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi;
Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi;
Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;
Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi.
Universitet bitiruvchi bosqich talabalari uchun poliklinikalar va klinik bazalarda 6 oylik malakaviy amaliyot ko‘rinishidagi subordinaturani joriy etish huquqiga ega.