TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinni mamlakatning haqiqiy brendi deb hisoblaydi. Kreml vakili buni prezidentni fuqarolar tomonidan misli ko‘rilmagan darajada qo‘llab-quvvatlanayotgani bilan tushuntirdi.
“Bizda har holda brend – Putin, bu haqiqatdan shunday”, - dedi Peskov "Belarus-24" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbarini qo‘llab-quvvatlash darajasi Ukrainadagi maxsus harbiy boshlanganidan buyon sezilardi o‘sgan va 80 foizdan oshib ketgan.
“Ehtimol, mutaxasssis jamiyatshunoslar va siyosatshunoslar mening fikriga qo‘shilishadi: u yoki bu lavozimda qariyb 22-yil hukumat tepasida bo‘lish va aholining 80 foizdan ziyod madadiga ega bo‘lish – buni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritish mumkin, bu ulkan darajadagi qo‘llab-quvvatlash”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Rossiya yetakchisi bu qo‘llab-quvvatlashlardan kuch olishini qo‘shimcha qildi.