TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “Azov”* natsistlari tomonidan ushlab turilgan o‘zbekistonlik haydovchilar vatanga qaytmoqda.
Internetda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan haydovchilardan Ukraina hududida majburiy foydalanilganiga oid ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu vatandoshlarni harbiy harakatlar bo‘layotgan hududlardan evakuatsiya qilish masalasi muvaffaqiyatli ishlab chiqildi, ularga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Ayni paytda O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytmoqda.
* Natsistik tashkilot, unga qarshi Rossiyada jinoyat ishi ochilgan.