TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.
Parlament rahbari O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda umumiy tarixiy ildizlar, yagona din, mushtarak til, madaniyat, an’ana va qadriyatlar mamlakatlar strategik sherikligining asosi bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.