G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari ish bermayapti. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Twitter’da yozdi.
Mateush Moraveskiyning so‘zlariga ko‘ra, buni rubl kursi isbotlamoqda.
Rossiya rubli Ukraina maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldingi qiymatlarga yaqinlashdi.
Rossiya rubli Ukraina maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldingi qiymatlarga yaqinlashdi.
“Demak, bizning harakatlarimiz (G‘arb davlatlari — tahr.) rahbarlari xohlagandek bo‘lmadi”, — deya xulosa qildi Moraveskiy.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi.
Bunga javoban G‘arb Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Ular birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qarshi qaratilgan. Yevropada Rossiyaning energetika resurslariga bog‘liqlikni kamaytirish chaqiriqlari kuchaydi. Ko‘pgina brendlar Rossiyadan chiqib ketishini e’lon qildi.
Prezident Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning bunday harakatlari, aslida, millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishga qaratilgan. AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiya oldidagi majburiyatlar bo‘yicha defolt e’lon qilib, uning valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘ydi va hozirgi voqealar G‘arbning siyosatda ham, iqtisodiyotda ham global hukmronligi ostidan chiziq tortdi, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Moskvaga qarshi sanksiyaviy bosimi allaqachon AQSh va Yevropa uchun iqtisodiy muammolarga aylanib, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining jiddiy oshishiga olib keldi.