Rossiya kovidga qarshi dunyodagi birinchi burunga sepiladigan vaksinani ro‘yxatga oldi

Rossiya koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi burunga sepiladigan vaksinani ro‘yxatga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi burunga sepiladigan vaksinani ro‘yxatga oldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya epidemiologiya va tibbiyot milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun "Gam-KOVID-Vak" ("Sputnik V") vaksinasining burunga sepiladigan formasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Yangi vaksina nomi - "Gam-KOVID-Vak" ("Sputnik V") burunga sepiladigan shakli.
Klinicheskie ispitaniya nazalnoy vaksini ot COVID-19 "Sputnik"
“Sputnik V” vaksinasi (ukol) kabi bu preparat ikkita komponentdan iborat bo‘lib, burun bo‘shlig‘iga uch haftalik interval bilan maxsus purkagich bilan yuboriladi.
Vaksina nafas olish yo‘llari shilliq qavati yuzasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet, qon tarkibida gumoral va hujayrali immunitetni hosil qiladi.