Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari “Oniks” raketa zarbasi bilan Ukraina qo‘mondonlik punktini yakson qildi

Rossiya harbiylari Qora dengiz sohilidan yuqori aniqlikdagi “Oniks” raketasini uchirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya harbiylari Qora dengiz sohilidan yuqori aniqlikdagi “Oniks” raketasini uchirishdi.
Mudofaa vazirligi “Bastion” qirg‘oq raketa tizimidan yuqori aniqlikdagi “Oniks” qanotli raketalari uchirilgani aks etgan videoni namoyish etdi.
Raketa Shaxterskoe aholi punkti yaqinida Ukraina qo‘shinlari qo‘mondonlik punkti yakson qildi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.