Yevropa Ittifoqi yana 10-yil Rossiya gaziga bog‘liq bo‘ladi - Turkiya

Erdog‘anning vakili Kalin: Yevropa Ittifoqi yana o‘n yil Rossiya gaziga bog‘liq bo‘ladi.
Sputnik
Turkiya prezidentining vakili Ibrohim Kalin Yevropaning Rossiya gaziga “qaramligi” masalasi yaqin 10-yil ichida dolzarb bo‘lishini aytdi. RIA Novosti.
“Yaqin 10-yil ichida bu masala, aniqrog‘i, 10-yil ichida dolzarb bo‘lib qoladi”, - dedi Kalin TRT Haber telekanaliga bergan intervusida.
Yevropa avvalroq Rossiya ta’minotiga muqobil sifatida Nabuccoloyihasi bo‘yicha ish olib borgan, deb eslatdi Turkiya yetakchisining vakili.
"Agar muqobil variantlar haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘zingizga ma’lumki, Turkiya va Ozarbayjon TANAP loyihasini amalga oshirgan, uning kengaytirilishini muqobil variant deb hisoblash mumkin. Bu yerga turli manbalarni bog‘lash Turkiya hududi orqali amalga oshirilishi mumkin”, dedi Kalin.