“Ukrainada natsistlar yo‘q”: Rossiya va G‘arb xotirasining farqi

Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risida turli davlat fuqarolari turlicha xotiraga ega, lekin faqat sobiq Ittifoq davlatlarida 9-may kuni har bir oila yo urushdan qaytib kelmagan qadrdonini yo o‘z qahramonini eslaydi.
Sputnik
Rossiya va G‘arbning natsizm borasida tarixiy xotirasi juda katta farq qiladi. Yevropada Birinchi jahon urushini Ulug‘ urush deb atashadi, Ikkinchisini emas. Buni tushuntirish oson: olti soatda (Daniya), besh kun ichida (Niderlandiya) yoki bir yarim oyda (Fransiya) yutqazib qo‘yilgan urushni buyuk deb atash qiyin. Albatta, Qarshilik harakati qahramonliklari hech qachon unutilmaydi. Garchi ... ya’ni bizda unutilmaydi, u yerda- kim bilsin.
Shunday qilib, Ulug‘ Urushda ishtirok etgan barcha mamlakatlarning harbiy va tinch aholi o‘rtasidagi umumiy yo‘qotishlari taxminan 21,5 million kishini tashkil etadi.
Shu bilan birga, faqat SSSRning Ulug‘ Vatan urushidagi ulushi 27 million qurbonni tashkil qildi. Ulardan askar va ofitser soni - 12 mln. Qolganlari - tinch aholi vakillari.
Endi esa ittifoqchilarimiz qisqagina: AQSh – 418 ming qurbon, Buyuk Britaniya – 380 ming. Taqqoslash uchun shuni eslatib o‘tamanki, faqat Stalingrad yaqinida urushda Sovet Ittifoqining yo‘qotishlari 1,1 million kishidan oshgan.
Boshqacha aytganda, bizda “Rossiyada o‘z qahramonini yodga olmaydigan oila yo‘q”. Ularning ota-bobolari esa “la’nati kommunistlar” Yevropani parchalashni boshlagan dasturxonga o‘z vaqtida kelish uchun ikkinchi frontni ochishdi.
Ammo shunga qaramay, ular umumiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi va minglab sovet fuqarolarining hayotini saqlab qoldi. Ammo G‘arb tadbirkorlari endi paydo bo‘layotgan Uchinchi Reyxni qanday qo‘llab-quvvatlagani va Yevropa hukumatlari uning shakllanishiga qanday ta’sir qilganini tushuntirib berish qiyinroq. Albatta, lend-liz bo‘yicha SSSR uchun yordami natsizm ustidan qozonilgan g‘alabada eng muhim rolni o‘ynamagan bo‘lsada, ammo buni Gollivudning mashhur blokbasteridagi ibora bilan osongina tushuntirish mumkin: “Mayli, do‘stlar boyishsin, dushmanlar kambag‘allashmasin - ko‘ramiz kim kimni mag‘lub qiladi”.
Keling, kapitalizm timsoli bo‘lmish Genri Fordning tarjimai holini batafsil ko‘rib chiqamiz. Misol uchun, u Germaniya burguti xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan. Natsistlar Benito Mussolini, Franchesko Franko va Yona Antoneskuni NSDAPga alohida minnatdorchilik belgisi bilan taqdirlashgan. Umuman olganda, kompaniyaga mos kelish uchun.
Yoki fashistlar Germaniyasi iqtisodiyoti yaratuvchilaridan biri Yalmar Shaxtning Nyurnberg sudlarida nemis sanoatining rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan “Jeneral Motors” va “Ford Motors” rahbarlarini sudga tortishga chaqirganini eslaylik.
Sovet Ittifoqi G‘arbda qo‘rquv uyg‘otar va shuning uchun ham Yevropa va AQSh Gitlerning nayranglariga ko‘z yumib, uni “qizil o‘lat”ga qarshi himoyachi sifatida tarbiyaladi.
Shundan beri agar manfaatli bo‘lsa – qotillar, zolimlar va terrorchilar “kimga qarshi kurashish kerak bo‘lsa” ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘z yumish- Vashington va Londonning sevimli nayrangiga aylandi.
Bu taktika Franklin Ruzveltning 1939-yilda Nikaragua diktatori haqida aytgan so‘zlari bilan ideal tarzda tasvirlangan: "Somosa balki itvachchadir, ammo u bizning o‘z itvachchamiz”. Va endi topib ko‘ringchi, kimga u ochiqchasiga hamdardlik bildirgan va kimning portretini Germaniya urush e’lon qilganidan keyin – Vashington mehmonxonadan olib, yotoqxonaga osib qo‘yishga majburlagan?
O‘shandan beri G‘arb bu strategiyaga sodiq qoldi. Axir, birovning qo‘li bilan ayiqni uyg‘otish xavfsizroqku.
Misol uchun, 1993-yilda Britaniyaning The Independent nashrida chop etilgan bir maqolani olamiz. Maqola “Sovetlarga qarshi jangchi o‘z armiyasini tinchlikka yo‘naltirmoqda” deb nomlanadi. Sakkiz yil o‘tgach, bu yo‘l uning qo‘l ostidagilarini 11-sentabr kuni Jahon savdo markazi binolarini vayron qilgan samolyotlar shturvallariga olib keladi. Ha, bu reportaj ben Laden va uning Afg‘onistondagi Sovet qo‘shinlariga qarshi kurashdagi roliga bag‘ishlangan. AQSh uning qurolli birodarlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 40 milliard dollar sarflagan. Bunday narxni Vashington sovuq urushdagi raqibini zaiflashtirish uchun to‘lashga tayyor edi. Biroq, Oq uyda “shartnoma” shartlarini e’tiborsizlik bilan o‘qib chiqishdi: afsuski, ish pul bilan cheklanib qolmadi, o‘tmishdagi xatolar uchun qon bilan to‘lash kerak bo‘ldi.
Vakillar ro‘yxatida esa afg‘on jangarilari (G‘arb ularning qo‘llari bilan Rossiyaga qarshi urush olib boradi) yagona emas. Yaqin Sharqdagi radikal islomchilarni ham bu ro‘yxatga kiritish mumkin. Endi bunga Ukraina qurolli kuchlari bilan birga Ukraina milliy batalonlari ham qo‘shildi.
Kiyev tomonidan qo‘llanilgan usullar haqiqatan ham davlatlar urush olib borishiga deyarli o‘xshamaydi. Bu yerda tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish, harbiy asirlarni qiynoqqa solish, gumanitar yo‘laklarni o‘qqa tutish, qurollarni nazoratsiz tarqatish terrorchilik tashkilotining “start”iga o‘xshaydi.
Hatto Ukraina qo‘shinlari bayrog‘i ostida harakat qilayotgan “o‘tmish qahramonlari” ham o‘zlarini ajoyib jangchilar yoki generallar sifatida namoyon qilishmadi, balki terrorchilar va jazolovchilar sifatida ancha mohirona harakat qilishdi.
Rossiya va G‘arb tarixiy xotirasidagi tafovutlar muammosiga qaytadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash lozimki, bu nafaqat turli tajribalar, balki, hamkorlarimizning o‘rganmaganliklari bilan bog‘liq. Aks holda Ukrainani qurol-yarog‘ bilan tenbeh berish va bundan bir necha million qochqinlar allaqachon chiqib ketganini tushuntirib berish qiyin.
Kelajakda voqealar qanday rivojlanishini tushunish uchun folbin bo‘lish shart emas: bolalari va ayollari orqasidan erkaklar ergashadi va natsistlar ishi juda yomonlashganda, ularning o‘zlari ham yugurib qolishadi. Ana o‘shanda Yevropa yillar davomida uni boqib, qurollantirib kelayotgan o‘sha yirtqich hayvonning yuzini ko‘radi. Uning jilmayishi Yevropaga yoqmasa kerak. AQSh esa bularning barchasini okean ortidan tomosha qilishda davom etadi. Achinarlisi shundaki, Brussel, Parij va Berlin buni tushunmaydi.