Bu qiziq

Qaysi mevalar semizlikka olib keladi - shifokor javobi

Tarkibida glyukoza moddasi ko‘p bo‘lgan mevalar semizlikka olib kelishi mumkin. Xususan, banan, anjir, uzum va boshqalar.
Sputnik
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Vladimir Xavinson “Rossiya 1” telekanali efirida ortiqcha vaznga sabab bo‘luvchi mevalarni o‘simliklarni sanab o‘tdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, banan, anjir, uzum semizlikka olib kelishi mumkin, chunki ular tarkibida ko‘p miqdorda glyukoza moddasi mavjud.
“Glyukoza organizmga tushganda insulin ishlab chiqishga ham sabab bo‘ladi. Va mana shu ortiqcha insulin yog‘ kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va bundan odamlar semiradi”, - deydi Xavinson.
Shu sababli shifokor ushbu mevalarni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lishni va kamroq yeyishni tavsiya qildi.