TOShKENT, 1 apr - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonning Botken viloyatida qirg‘izistonlik xonanda va bastakor Musa Baetov nomidagi umumta’lim maktabining tantanali ochilishida ishtirok etdi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda O‘zbekiston ishtirokida maktab qurilishi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotganini isbotlovchi muhim qadam bo‘ldi, deb hisoblaydi Abdulla Aripov.
Bu loyiha mamlakatlar o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari tobora mustahkamlanib, rivojlanib borayotganidan dalolatdir, dedi Japarov. – Ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivoji ko‘p yillik tarixiy qardoshlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari samarasidir. Botken viloyati O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati bilan chegaradosh va biz o‘zaro manfaatli barcha sohalarda transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish va oshirish tarafdorimiz”, — dedi u.
Maktabni qurish bo‘yicha kelishuvga o‘tgan yilning mart oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Yangi maktab 330 o‘ringa mo‘ljallangan.