Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollar ustunligiga putur yetkazishi mumkin – XVJ

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar mamlakatlarning alohida guruhlari o‘rtasidagi savdoga asoslangan katta bo‘lmagan valyuta bloklarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar asta-sekin dollar ustunligining zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Gita Gopinat ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan misli ko‘rilmagan cheklovlar mamlakatlarning alohida guruhlari o‘rtasidagi savdoga asoslangan katta bo‘lmagan valyuta bloklarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashishi mumkin.
OAV: Arabiston Xitoy bilan neft savdosini yuanda olib borishga kelishmoqda
“Dolllar hatto hozirgi sharoitlarda global valyuta bo‘lib qoladi, biroq pastroq darajada parchalanishi ehtimoldan yiroq emas”, - deya Gopinat so‘zlaridan keltiradi Financial Times gazetasi.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin G‘arb dollar va yevroga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilganini ta’kidlab, rublda eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish taklifini bildirgan edi.
Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi