Prezident temir yo‘l tariflarini yanada pasaytirish choralarini ko‘rishni topshirdi

Xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Temir yo‘l tariflarini yanada pasaytirish choralarini ko‘riladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidagi videoselektor yig‘ilishida tegishli topshiriqni berdi.
“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo‘nalishlarda o‘z vaqtida tezkor choralarni ko‘rishni boshlaganimiz o‘z natijasini bera boshladi”, - dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.
Ta’kidlanishicha, Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug‘doy, un, shakar, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni savdoga qo‘yishni boshladi. Bunga temir yo‘lda tashishga ichki tariflar qo‘llanilmoqda.
Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:
xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;
temir yo‘l tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Umurzakov tadbirkorlarni qo‘llashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan amaldorlarni tanqid qildi