Bu qiziq

Brokkoli saraton kasalligida yordam beradi

Brokkoli tarkibida sulforafan moddasi bo‘lib, u organizmni rak hujayralarining tarqalishidan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Sputnik
Brokkoli rak hujayralarining organizmda keng tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi va koronavirusdan so‘ng salomatlikni tiklashga yordam beradi. Bu haqda shifokor Zuxra Pavlova tadqiqotlarga tayangan holda ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Brokkoli karish jarayonini ham sekinlashtiradi. Bundan tashqari, sabzavot virusga qarshi xususiyatga ega.
Olimlar sichqonlarda o‘tkazgan tadqiqotda ma’lum bo‘ldiki, brokkoli tarkibidagi sulforafan moddasi tufayli organizmning kasallik hujayralaridan zararlanish ko‘rsatkichi pastlagan, viruslar ko‘payishi kamaygan. Sulforafan brokkolidan tashqari sholg‘om va rediska sabzavotlarida ham bor, biroq brokkoli tarkibida u ko‘proq.
Mutaxassislar brokkolini kunlik ratsionga kiritishni tavsiya qilishmoqda.