TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentda 31-mart kuni franchayzingga bag‘ishlangan “Uzbekistan Franchising Forum” forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum tashkilotchisi O‘zbekiston biznesni rivojlantirish uyushmasi. Tadbirda O‘zbekistonda franchayzing bozorining istiqboli, YeOII hududidagi savdo-sotiqning dolzarb trendlari va o‘zbek brendlarini xalqaro maydonga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Ekspertlar birlashmasi hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda franshiza tarmog‘i o‘sishi salohiyati kamida 1800 % ni tashkil etadi. Shu bois bu forumga 100 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurishadi. Ular orasida O‘zbekiston tadbirkorlari hamda YeOII mamlakatlari bilan hamkorlik qiluvchi franshizani rivojlashtirish ekspertlari bor.
Forum tashkilotchilarining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishlaricha, tadbirning asosiy spikerlari rossiyalik ekspertlar bo‘lishadi. Ular Rossiyaning eng mashhur brendlari bilan ish tajribalari haqida so‘zlab berishadi. "SDEK" hujjat va yuklarni ekspress yetkazib berish, “33 pingvin” kafe tarmog‘i, “Dodo Pissa” pisseriya tarmog‘i operatori, Rostovning “Xlebsi-Molodsi” kompaniyasi va boshqalar shular jumlasidan.
Shuningdek, forum ekspertlari mass-market sohasidagi xalqaro riteyl bilan hamkorlik xususida so‘zlab berishadi.