SamDU talabasi 9-qavatidan tushib ketib vafot etdi

Samarqand Ichiki ishlar bo‘limi dastlabki xulosasiga ko‘ra u o‘zini 9-qavatdan tashlagan bo‘lishi ham mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Kecha Samarqand Davlat universiteti talabasi yotoqxonaning 9-qavatidan tushib ketdi. Bu haqida Zamon informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, talaba qiz Samarqand shahri Spitamenshoh ko‘chasida joylashgan talabalar turar joyining 9-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan. Qizning xonadoshi bu holatdan ichki ishlar xodimlari kelganidan keyin xabar topganini aytib o‘tdi. Qayd etilishicha, qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan, ammo u 9-qavatga chiqib o‘zini tashlagan. Talaba qiz voqea joyida vafot etgan.
“Talaba qiz qanday qilib 9 qavatdagi deraza tokchasiga chiqqani, qanday qilib pastga qulagani aniq emas. Balki u o‘zini 9-qavatdan tashlagan bo‘lishi ham mumkin”, deya habar bermoqda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.