O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik velosportchilar Dushanbedagi Osiyo chempionatida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha qit’a birinchiligida O‘zbekiston vakillari jami 8 ta, jumladan, 5 ta oltin mevalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Osiyo chempionati 24-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda qit’aning 23 ta davlati ishtirok etdi. Musoqabada O‘zbekiston jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. O‘zbekistonlik velosportchilar turnir davomida jami 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga ega chiqishdi.
Qayd etilishicha, jamoa Osiyo chempionatlari tarixida bu kabi muvaffaqiyatli ishtirok etmagan edi.
Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchilar:
Oltin medal:
Ayollar o‘rtasida jamoaviy poyga (Yanina Kuskova, Margarita Misurina, Shahnoza Abdullayeva, Anna Kulikova)
Anna Kuskova, U-20 toifasidagi individual poyga
Yanina Kuskova, U-23 toifasidagi individual poyga
Sofiya Karimova, U-20 toifasida guruh poygasi
Samandar Sultonov, U-20 toifasida guruh poygasi
Kumush medal:
Aleksey Fomovskiy, U-23 toifasida individual poyga
Bronza medal:
Murodjon Xolmurodov, kattalar o‘rtasida individual poyga;
Yanina Kuskova, U-23 toifasida guruh poygasi;
O‘zbekiston terma jamoasi o‘z natijalari bilan umumjamoa hisobida Qozog‘istondan so‘ng ikkinchi bo‘lgan
Endi velosportchilar iyun oyida Hindistonda o‘tadigan trek bo‘yicha Osiyo chempionatiga hozirlik ko‘rishadi.