TOShKENT, 30 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki yangi namunadagi oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga chiqarilayotganini e’lon qildi.
“Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” mavzulariga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari 30-martdan boshlab sotuvga chiqarilmoqda, - deyiladi xabarda.
Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.