TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainadagi hozir vaziyatni G‘arbning ikkinchi Afg‘onistonni yaratishga bo‘lgan urinishi deb atadi.
“Afg‘onistonni jahon siyosatining markazi qilishga uringanlar hozir Afg‘oniston o‘rnini Ukraina bilan almashtirishga urinishmoqda. Hammamiz gap bu yerda nima haqida borayotganini bilamiz”, - dedi u Xitoyda bo‘lib o‘tgan pokistonlik hamkasbi Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Xitoyning Tunsu shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan Ukrainadagi maxsus operatsiya hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgani xabar qilingan edi.