FXX Rossiya hududida 60 nafar ukrain millatchilari tarafdorlarini qo‘lga oldi

Ukraina Maxsus xizmati xodimi Rossiya hududida terrorchilik uyushtirish maqsadida yoshlardan iborat millatchi guruhlar faoliyatini tashkil qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari Rossiyaning turli viloyatlarida 60 nafar ukrain millatchilari guruhi a’zolarini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra "M.K.U" nomli ukrain neonatsistlari guruhi vakillari Rossiyaning 23ta hududida aniqlangan. Ularning faoliyati Ukraina Xavfsizlki xizmati xodimi Yegor Krasnov tomonidan boshqarib turilgan. Ularing maqsadi - Rossiya hududida ommaviy qotilliklar uyushtirish, ekstremistik jinoyatlar amalga oshirish bo‘lgan.

Qo‘lga olingan fuqarolarda noqonuniy saqlanayotgan ov qurollari, qo‘lbola yasalgan o‘qotar qurollar topilgan. Ularning yonidan topilgan elektron axborot vositalarida o‘zlari o‘tkazgan ekstremistik faollik aksiyalarining foto va videoyozuvlari, shuningdek yangi xodimlarni yollash yo‘riqnomalari topilgan.
Rossiya FXX xodimlari 2021-mart oyida ham Sochi hududidagi Gelejik shahrida 13 nafar neonatsistlarni qo‘lga olgan. Shuningdek, Yaroslavl, Moskva viloyati, Anapa va Chita shaharlarida ushbu terrorchi tashkilotning yashirin guruhlari aniqlanib qo‘lga olingan.
Gelendjikda qo‘lga olinganlardan biri aytishiga ko‘ra, guruh a’zolari Yegor Krasnovdan terakt tayyorlash uchun yo‘riqnomalar olishgan. Hujumlarni mashq qilish niyatida ular uysiz fuqarolar va boshqa yoshlarni kaltaklash orqali orttirishgan.
Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu guruh a’zolari Krasnov ko‘rsatmalariga ko‘ra Rossiya hududida kamida 2ta qotillik sodir etishgan. O‘tgan yilning dekabr oyida Rossiyaning turli hududlarida 106 nafar "M.K.U" a’zolari qo‘lga olingan edi.