Davlatning “oltin aksiya” huquqi bekor qilindi

Ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi - "oltin aksiya" bekor qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni tegishli qonunni imzoladi.
Bunndan tashqari,Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi bo‘lishi mumkinligi belgilandi.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining vakolati 1-yildan 3-yilga uzaytirildi.
Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 10 foiz edi.