Buxorodagi tarixiy bog‘da tovus patini yulib olgan qizning onasi jazoga tortildi

Buxoroga sayohatga kelgan qiz tarixiy bog‘dagi tovus patini yulib oldi. Natijada uning onasi javobgarlikka tortildi.
Sputnik
TOShKENT, 30-mart — Sputnik. Buxorodagi "Sitorai Mohi xossa" tarixiy muzey majmuasidagi bog‘da sayohatga kelgan qiz tovus patini yulib olgan qizning onasi javobgarlikka tortildi, deb xabar qilmoqda Ichki ishlar boshqarmasi.
“Holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan”, deyiladi xabarda. Bunday qonunbuzarlik uchun BHMning bir baravaridan besh baravarigacha jazo tayinlanishi mumkin.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining “Sitorai Mohi xossa” tarixiy muzey majmuasida sayohatga kelgan qiz tovus patini yulib olgani aks etgan videolavha tarqalgan edi.
Videolavha Buxoro shahar IIV tomonidan o‘rganib chiqilgan ushbu qonunbuzarlik hodisasi 26-mart kuni G‘ijduvon tumanidan sayohatga kelgan voyaga yetmagan qizlar O.X. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. O.X. muzey hovlisida yurgan tovusning ikki dona patini yulib olgan.
Kompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlini
Sitorai Mohi xossa majmuasi - Buxoro amirlarining yozgi saroyi bo‘lib v 1826 - 1860-yillar orasida qurilgan. Majmuada bir necha hashamatli binolar, yozgi ayvonlar va saroy atrofida joylashgan shinam bog‘ va hovuz bor. Tovuslar - Sitorai Mohi xossa bog‘ining ramzi. Ushbu qushlar Amir Olimxon davrida hm bo‘lgan. Bugungi kunda majmuada amaliy san’at muzeyi ham joylashgan.
Kompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlini