Toshkentda mehnat migrantlari tibbiy ko‘rikdan qanday o‘tmoqda – video

Rossiyalik tibbiyot xodimlarning uchinchi Rossiyadagi qurilish sohasidagi ishlar uchun migrantlarni tashkillashtirilgan holda jalb qilish loyihasida doirasida ish boshlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiyalik tibbiyot xodimlarining uchinchi guruhi Rossiyaga ishlashga ketish istagini bildirgan mehnat migrantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Toshkentga keldi.
Sputnik muxbirining xabar berishicha, shifokorlar ikki kun davomida olti mingga yaqin kishini ko‘rikdan o‘tkazishgan.
O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash maqsadida necha kishi kelgani ma’lum bo‘ldi - IIV
Rossiya va O‘zbekiston o‘tgan yili Rossiyadagi qurilish ishlariga 10 ming kishini tashkillashtirilgan holda jalb qilishning pilot loyihasini boshlagan edi.
Bu loyiha doirasida Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlarning aksariyati Rossiya Tibbiy-biologik federal agentligi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda.