Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Abdulaziz Isroilov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Abdulaziz Isroilov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarligiga tasdiqlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abdulaziz Isroilov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari –Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Tayinlovga qadar Isroilov Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida 2020-yildan buyon hokim o‘rinbosari – Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muxtor Muhitdinov lavozimidan ozod etilgan edi.