TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari umuman olganda bajarildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Umuman olganda operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari bajarildi. Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli pasaydi, bu asosiy diqqat va asosiy sa’y-harakatlarni asosiy maqsad – Donbassni ozod qilishga qaratishga imkon beradi”, - dedi Shoygu yig‘ilish davomida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.